O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Toshkent bahori" festivali

2017-04-28 | Madaniyat

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida "Toshkent bahori" IV xalqaro opera va balet san’ati festivali bo‘lib o‘tmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ta’sis etilgan mazkur festivalda mamlakatimiz san’at ustalari bilan birga MDH davlatlarining ijrochilari ham ishtirok etmoqda. 

"Toshkent bahori" festivalidan ko‘zlangan asosiy maqsad opera va balet san’atining nufuzini yanada yuksaltirish, ijodiy safarlarni uyushtirishda xalqaro hamkorlarni kengroq jalb etishdir. Ayni paytda ushbu loyiha ijodiy muloqotlarni yanada kengaytirish, yurtimiz san’at ixlosmandlarini opera va balet sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan yaqindan tanishtirish imkonini berayotir. O‘tgan davr mobaynida mazkur festival ijodkorlarning tajriba almashishi, mamlakatimiz san’atini keng targ‘ib etishda o‘ziga xos rishtaga aylanib ulgurdi. 

– O‘zbekistonda san’at va madaniyat ravnaqiga ulkan e’tibor "Toshkent bahori" festivali misolida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda, – deydi "Novaya Rossiya" davlat simfonik orkestri dirijyori Denis Vlasenko. – G‘oyat go‘zal, maftunkor, yashillikka burkangan Toshkent shahri iste’dodlarni kamolga yetkazuvchi yirik madaniy markaz hisoblanadi. Bu muhtasham teatrda san’atkorlar, tomoshabinlar uchun yaratilgan sharoitlar tahsinga loyiq. 

5-mayga qadar davom etuvchi festival doirasida M.Bafoyevning "Sevgi samosi", J.Verdining "Traviata", N.Rimskiy-Korsakovning "Shoh qaylig‘i" kabi operalari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Festival doirasida mahorat saboqlari, ijodiy muloqotlar, konsert va spektakllar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. 

 
Nazokat Usmonova, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA

Поделиться