O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

San’atimiz g‘unchalari

2017-04-28 | Madaniyat

Poytaxtimizda "San’at g‘unchalari" XIX respublika ijodiy tanlovi boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi, Bastakorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda zarbli va damli cholg‘u ijrochilari qatnashmoqda. 

"Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi S.Inomova, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari K.Oqilova, Bastakorlar uyushmasi raisi R.Abdullayev va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan iste’dodli yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning san’atga bo‘lgan mehri va ishtiyoqini tobora kuchaytirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. 

Birinchi Prezidentimizning 2015-yil 20-noyabrdagi "Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida"gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilayotgan ushbu tanlovda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan yosh musiqachilar ishtirok etmoqda. 

Final bosqichiga 137 ishtirokchi yetib kelgan ushbu loyiha yosh musiqachilarning ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, bolalar musiqa ta’limi, ijodiyotini o‘rganish va tahlil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

– Bu tanlov biz uchun ijodiy izlanishlarimizni keng namoyish etishda yaxshi imkoniyatdir, – deydi Guliston shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabining o‘quvchisi Lochin Ummatqulov. – Tanlov uchun orkestrimiz bilan birgalikda A.Muhamedovning "Alla" hamda V.Shyolokovning "Bolalar konserti" asarini tayyorladik. 

Tanlov davomida ishtirokchilar yog‘och, mis damli cholg‘ular va zarbli cholg‘ular guruhiga bo‘lingan holda ijodiy bahslashmoqda. Loyiha doirasida turli anjumanlar, mahorat saboqlari, konsertlar bo‘lib o‘tadi. 

 

Nazokat Usmonova, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA

Поделиться