O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tashabbusdan aholi mamnun

2017-04-28 | Jamiyat

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Asr” to‘yxonasida 23 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi.

Marosimda viloyat hokimi o‘rinbosari F.Soliyev, Qiziltepa tumani hokimi Sh.Nabiyev va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Navoiy viloyati hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi va qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda to‘y bolalarning ota-onalari, qarindosh-urug‘lari, mahalla faollari, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida xalqimizga xos ezgu ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, inson manfaatlarini himoya qilish maqsadida “Prezident e’tibori – muruvvat tadbirlarida” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur marosimlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj 172 oila farzandlarining sunnat to‘ylarini o‘tkazish belgilangan. 

Qiziltepa tumanida boshlangan tantana aholi tomonidan ko‘tarinkilik bilan kutib olindi. 

– O‘zbekistonimizdagi kabi mehr-oqibat, muruvvat va saxovat muhiti dunyoning hech bir yurtida bo‘lmasa kerak, – deydi Qiziltepa tumani Bashir mahallasida yashovchi Xursand Eshonqulova. – O‘g‘lim Asadbek 6 yoshda. Prezidentimiz tashabbusi bilan uning sunnat to‘yi katta tantana tarzida o‘tkazildi. Bunday yuksak e’tibor uchun biz, onalar davlatimiz rahbaridan behad minnatdormiz. O‘g‘lim kelajakda harbiy bo‘lmoqchi. Shunday izzat-ikromda kamol topayotgan jigarbandim kelgusida Vatanimizga munosib, xalqimiz ishonchini oqlaydigan mard va yuksak ma’naviyatli inson bo‘lishiga ishonaman. 

To‘y bolalarga viloyat hokimligi, homiy tashkilotlarning sovg‘alari, turli mavzulardagi kitoblar to‘plami hamda Xalq banki tuman bo‘limida ular nomiga ochilgan hisobraqamiga 1 million so‘mdan pul mablag‘lari o‘tkazilgan jamg‘arma omonat daftarchasi tantanali ravishda topshirildi. 

San’atkorlarning navolari davraga o‘zgacha fayz, bolalar va ularning oila a’zolariga olam-olam zavq bag‘ishladi. 

 
Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA

Поделиться