O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqimizga xos yuksak fazilatlar namoyoni

2017-04-28 | Jamiyat

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi “Bek” to‘yxonasida 12 juft kelin-kuyovning nikoh va 21 bolaning sunnat to‘yi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi U.Jalmenov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yosh avlod huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda saxovatpeshalik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. 

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, Amudaryo tumani xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda kam ta’minlangan oilalar farzandlarining baxtli onlari bayramona nishonlandi. 

To‘yxonaga yor-yor sadolari ostida kirib kelgan kelin-kuyovlarga tantanali ravishda nikoh uzugi va guvohnomalari, mebellar jamlanmasi sertifikatlari, to‘y bolalarning har biriga velosiped va 1 million so‘m mablag‘ qo‘yilgan omonat daftarchasi topshirildi. 

– Nevaram Dilshodbekning sunnat to‘yi tantanali nishonlanganidan behad hursandman, – deydi “Jumirtov” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi A.Jumaniyozova. – Farzandlarimiz baxt-saodati uchun g‘amxo‘rlik qilayotgan Prezidentimizdan behad minnatdormiz. 

Kelin-kuyovlar va to‘y bolalarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari, nuroniy otaxon va onaxonlar yoshlarning baxtiyor va farovon yashashi, hayotda munosib o‘rin topishi, xalqparvar Prezidentimiz va mehr-muruvvatli insonlarning sog‘-salomat bo‘lishini tilab duo qildi. 

Taniqli san’atkorlar ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi. 

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Erniyazov so‘zga chiqdi. 

 
Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Поделиться