O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili bilan uchrashuv
2017-04-27 | Siyosat
2017-yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining siyosiy, savdo iqtisodiy, investitsion va moliyaviy-texnik sohalardagi hamkorligi holati va rivojlantirish istiqbollari hamda ayrim mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida mintaqalararo Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo vazirlar uchrashuvini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Shunuingdek, bo‘lajak ikki tomon uchrashuvlari va hamkorlikdagi qo‘shma institutlar majlisining jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda YIning O‘zbekistondagi Delegatsiyasi rahbari Elchi Eduards Stiprays.