O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro turnir davom etmoqda

2017-04-27 | Sport

Qarshi shahrida tennis bo‘yicha xalqaro turnir qizg‘in davom etmoqda. 

Xotin-qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslari birinchi davrasida mamlakatimizning kuchli tennischilaridan biri Nigina Abduraimova ruminiyalik Mixaela Buzarnesku bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning birinchi setida 7:6 hisobida g‘alaba qozongan Nigina ikkinchi setda tay-brekda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan uchrashuvning so‘nggi hal qiluvchi setida tennischimiz 6:3 hisobida g‘alaba qozonib navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. U ikkinchi davrada rossiyalik Anastasiya Forlova bilan raqobatlashadi. 

Turnirning ikkinchi davrasida sportchilarimizdan Sanjar Fayziyev belaruslik Sergey Betov, Jo‘rabek Karimov rossiyalik Bogdan Bobrov, Temur Ismoilov rossiyalik Yevgeniy Tyurnevga qarshi kortga chiqadi. 

 
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться