O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Hay'ati kengashining navbatdagi kengaytirilgan majlisi bo'lib o'tdi.
2017-04-27 | Ta’lim
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati Kengashining navbatdagi kengaytirilgan majlisi 2017 yil 26 aprel kuni vazirlik majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.
Hay’at majlisida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil I chorak yakunlariga bag‘ishlangan majlisida oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Hukumatning 2017 yil 14 yanvardagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan belgilangan vazifalarni so‘zsiz bajarish yuzasidan oliy ta’lim tizimi rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida.
- Oliy ta’lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlar va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” gi PQ-2881-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish” to‘g‘risidagi PQ-2909-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan birinchi navbatdagi vazifalar to‘g‘risida.
Tanqidiy ruhda o‘tgan Hay’at majlisida asosiy masalalar bo‘yicha so‘zga chiqqan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R.S.Kasimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxodjayevlar oliy ta’lim tizimidagi mavjud kamchiliklar, ayniqsa turli bo‘g‘inlardagi rahbarlarning loqaydligi va mas’uliyatsizligi sababli yuzaga kelayotgan holatlarga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Ular o‘z so‘zida oliy ta’lim tizimi oldidagi dolzarb masalalar bilan bir qatorda ayrim rahbarlarning mas’uliyatsizligi va ta’lim muassasasidagi real holatni bilmasligi, ishga jiddiy, mas’uliyat bilan yondashmayotganligi tufayli yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklarga asosiy e’tiborni qaratdi.
Hay’at masjlisida boshqa turli masalalar ham ko‘rib chiqildi.