O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta’lim tizimi va ma’naviy yuksalish omillari

2017-04-27 | Jamiyat

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 18-apreldagi «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida»gi qarorlari mamlakatimizda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida buyuk tariximiz, azaliy qadriyatu udumlarimizni targ‘ib qilishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi ijroiya qo‘mitasi va uning fraksiyasi qo‘shma yig‘ilishi mazkur qarorlar ijrosini ta’minlashdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi S.Otamurodov va boshqalar amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim tizimini moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash, o‘qitishning samaradorligini oshirish hamda yoshlarning milliy an’analarimizni qadrlash hamda o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi ortishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. 

Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida"gi farmoyishi bo‘yicha mahalla, ta’lim muassasalarida o‘rganilgan natijalar aholi va yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani, aholi gavjum joylarda kutubxonalar va kitob do‘konlari yetishmasligi hamda bu muammolarning yechimini topish hayotiy zarurat ekanini ko‘rsatmoqda. 

Tadbir qatnashchilari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish xalqimizning istak va xohishiga mos ekanini qayd etdi. 

 
Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA 

Поделиться