O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahar saylov komissiyasida
2017-04-26 | Jamiyat
2017 yil 25 aprel kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov o'tkazuvchi shahar saylov komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 11, 12 va 44-moddalariga muvofiq, ayrim saylov okruglarida bo'shab qolgan o'rinlarga xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari saylovini o'tkazish yuzasidan asosiy tadbirlarning kalendarь rejasini tasdiqlash, Bektemir tumanidagi 8-Suvchi, Mirzo Ulug'bek tumanidagi 9-Salor va 16-Xumoyun, Olmazor tumanidagi 24-Mirzo G'olib, Shayxontohur tumanidagi 45-Furqat va 49-Jarariq, Yunusobod tumanidagi 50-Minor va 51-Hiyobontepa saylov okruglarida bo'shab qolgan o'rinlarga xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari saylovini o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov o'tkazuvchi shahar saylov komissiyasi a'zolarining navbatchilik jadvalini tasdiqlash masalalari ko'rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Toshkent shahar Kengashiga saylov o'tkazuvchi shahar saylov komissiyasining ushbu yig'ilishida qabul qilingan qaroriga ko'ra, ayrim saylov okruglarida bo'shab qolgan o'rinlarga xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari saylovi 2017 yil 21 may kuni bo'lib o'tadi.