O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tashqi ishlar vazirligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2017-04-26 | Siyosat

2017-yil 25-aprelda Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonun va Konsullik ustavi loyihalaridagi yangiliklar, shuningdek mazkur loyihalarni Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi hukumat portalida jamoatchilik muhokamasiga joylashtirish yakunlari bo‘yicha ularga taqdim qilingan takliflar va mulohazalar batafsil tahlil qilindi.

Ko‘rsatib o‘tilgan normativ-huquqiy aktlarning loyihalari 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida ishlab chiqilmoqda.

Ish yakunida olib borilgan tahlil va davra suhbati qatnashchilari tomonidan bildirilgan tavsiyalar asosida mazkur qonun loyihalarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar shakllantirildi.

Поделиться