O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qarshida tennis bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi

2017-04-26 | Sport

Qarshi shahrida erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida tennis bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi. 

Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF musobaqalar taqvimidan joy olgan ushbu musobaqada o‘ndan ziyod mamlakatdan kelgan mahoratli tennischilar bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda. 

Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslari birinchi davrasida iqtidorli tennischimiz Sanjar Fayziyev rossiyalik Denis Matsukevichga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda o‘zining aniq to‘p uzatmalari bilan raqibidan ustunlik qilgan Sanjar har ikkala setda 6:4 hisobida zafar quchdi. 

Ushbu davrada qur’a natijasiga ko‘ra, ikki nafar tennischimiz navbatdagi bosqichga chiqish uchun kuch sinashdi. Unda tajribali Temur Ismoilov yosh sportchimiz Amal Sultonbekov ustidan g‘alaba qozondi. 

Turnirning xotin-qizlar o‘rtasidagi juftlik bahslarida tennischimiz Nigina Abduraimova montenegrolik Ana Veselinovich bilan birga rus tennischilari Yekaterina Kazionova hamda Olesya Pervushinani mag‘lubiyatga uchratdi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

 
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться