O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tibbiyot rivoji – salomatlik omili

2017-04-26 | Jamiyat

Toshkentda shoshilinch jarrohlik, radiologiya va onkologiyaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz olimlari, Germaniya, Ozarbayjon va Turkiyadan kelgan mutaxassislar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori A.Hojiboyev va boshqalar mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘ini, xususan, shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar inson salomatligini asrashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni tez tibbiy yordam xizmatining sifat va samaradorligini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasidagi ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro aloqalarni kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

Shoshilinch tibbiy yordam xizmati avtotransport parkini yangilashga alohida ahamiyat qaratilayotir, zamonaviy vositalar bilan jihozlangan tez tibbiy yordam mashinalari xarid qilinib, ehtiyoj baland bo‘lgan hududlarga yetkazilmoqda. Birlamchi tibbiyot tizimida to‘rt yuzdan ortiq tez tibbiy yordam podstansiyasini tashkil etish, ularni zarur vositalar bilan jihozlash, shoshilinch holatlarda aholiga tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash choralari ko‘rilmoqda. 

Bunday amaliy ishlar bilan bir qatorda ilm-fanni takomillashtirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimida diagnostika va davolash ishlarini yaxshilash, bu borada taraqqiy etgan mamlakatlarning yetakchi ilm-fan markazlari bilan hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotir. 

Anjumanda shoshilinch tibbiy yordam tizimida qo‘llanilayotgan zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalari, jarrohlik, radiologiya va onkologiya sohalaridagi yangicha amaliyotlarga oid ma’ruzalar tinglandi. Telemeditsina imkoniyatlaridan foydalanilgan holda Namangan viloyatida bemorlarga onlayn maslahat berildi, shifokorlar uchun mahorat darslari tashkil etildi. 

 
Bahor Xidirova, O‘zA 

Поделиться