O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand viloyatida ochiq muloqot o‘tkazildi
2017-04-25 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yilni «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan 20 aprel kuni Samarqand viloyati Soliq boshqarmasi majlislar zalida bevosita muloqot va sayyor shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimlari, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining harbiy xizmatchilari, ularning oila a’zolari, nafqadagi harbiy xizmatchilari hamda tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad, fuqarolarning dardu tashvishlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni ijobiy hal etish kabi muhim masalalarga echim topishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan yangi qonun, farmon va qarorlarning mohiyatini etkazish, harbiy xizmatchilar va xizmatchilarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda ular bilan muloqotni tashkil etish orqali mavjud muammolarni barataraf qilishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda, harbiy xizmatchilarning farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qabul qilish, nafaqadagi harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti, Samarqand viloyatidagi ish bilan bog‘liq muammolar muhokama etildi. Muloqotlar chog‘ida har bir tashkilot rahbari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifa va rejalar to‘g‘risida axborot berdi. Mavjud muammolar bo‘yicha savollarga atroflicha javob qaytardi.