O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Falastin TIV rahbari o‘rinbosari bilan uchrashuv
2017-04-25 | Siyosat
2017-yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun tashrif buyurgan Falastin Davlati Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mazen Shamiyani qabul qildi.
TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston-Falastin munosabatlari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Muzokaralarda Falastin Elchisi Mohammad Tarshahani ishtirok etdi.
Falastin delegatsiyasining tashrif dasturida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, qator vazirlik va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.