O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Profilaktika samaradorligi oshmoqda

2017-04-25 | Jamiyat

Namanganda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyati targ‘iboti va undan kelib chiqadigan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining barcha sohalar bo‘yicha profilaktika inspektorlari, shahar va tuman xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, hokimlarning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamda boshqa qator davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, jurnalistlar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda aholining tinch va farovon hayotini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. 

– Mustaqillik yillarida ushbu yo‘nalishning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgani va u muntazam takomillashtirilayotgani bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Mirzayev. – O‘tgan yillar mobaynida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlari ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga solishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishdagi islohotlar, ya’ni ichki ishlar organlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularning vazifalari, huquq va majburiyatlarini qonun doirasida mustahkamlash, ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha amaliy ishlar yangi bosqichda davom ettirilmoqda. 

Prezidentimizning yuqoridagi farmonida tizim faoliyati samaradorligiga erishish, aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlik va hamjihatlikni yo‘lga qo‘yishning maqsad va vazifalari aniq belgilab berildi. Farmonga ko‘ra tuman, shahar ichki ishlar bo‘limlari boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimi joriy etilgani profilaktika inspektorlari ishini, avvalambor, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilish bilan birga, ertamiz egalariga puxta ta’lim-tarbiya berish, ularni sog‘lom va yuksak ma’naviyatli insonlar etib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yig‘ilishda ichki ishlar idoralari bilan jamoat tashkilotlari, o‘quv muassasalari hamkorligi samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi. 

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi. 

 

Akramjon Sattorov, O‘zA

Поделиться