O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tasviriy va amaliy san’at festivalining g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi

2017-04-25 | Madaniyat

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yiliga bag‘ishlab o‘tkazilgan Tasviriy va amaliy san’at festivali ijodkorlarning o‘zaro tajriba almashishi, yoshlarning bilim va tafakkurini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Markaziy ko‘rgazmalar zalida mazkur festivalning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, aholini o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarga o‘z vaqtida va ijobiy yechim topishga oid amaliy ishlaridan xalqimiz mamnun bo‘lmoqda. 

Festival davomida Markaziy ko‘rgazmalar zali, uning atrofidagi so‘lim xiyobon yosh musavvirlar, ularning ustozlari, ota-onalari bilan gavjum bo‘ldi. O‘quvchi-yoshlar tomonidan Vatanimiz manzaralari, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, bahoriy go‘zallik aks ettirilgan ko‘plab kartinalar, milliy hunarmandlik namunalari yaratildi. Xushmanzara tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan mahorat darslari, mashg‘ulotlar talaba va o‘quvchilarning tasviriy san’at, ijodiy izlanishga oid bilimlarini yanada boyitdi. O‘zbekiston zamonaviy san’ati, uning badiiy talqini, rivojlanish tamoyillari, rassom va jamiyat mavzularida anjumanlar, davra suhbatlari, yangi ijodiy asarlar taqdimoti o‘tkazildi. 

Festival kunlari Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yiliga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, ijodiy ishlar tanlovlari bo‘lib o‘tdi. Xorijiy mamlakatlarning madaniyat kunlariga oid taqdimot, fotoko‘rgazmalar san’at rivojida ijodiy muloqotning o‘rni beqiyos ekanini yana bir karra namoyon etdi. "Moviyga parvoz-II. Ona zamin va inson obrazi", "Bahor nafasi" mavzularidagi hamda amaliy san’at namunalari, fotografiyaga oid ko‘rgazmalar mamlakatimizda "ustoz – shogird" an’analarining bardavomligini ko‘rsatdi. Bu jihatlar oliy va o‘rta maxsus ta’lim dargohlarining o‘qituvchi va talabalari ishtirokidagi badiiy ko‘rgazmalarda o‘z aksini topdi. 

– Bunday san’at festivallari ijodkorlarning ishini atroflicha tahlil qilish va o‘rganish, xalqimiz e’tiboriga havola etishda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi mohir xattot, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Habibulla Solih. – Ko‘rgazmalarda yosh ijodkorlarning izlanishlaridan namunalar namoyish etildi. Tinch va osuda, osmoni musaffo, ijodkorlari e’zozlangan yurtda farzandlarning kamolini ko‘rishdan ortiq baxt bo‘lmasa kerak. 

– San’at festivalida qatnashganimdan mamnunman, – deydi Navoiy viloyati Nurota tumanidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchisi Adham Boliqulov. – Ustoz-musavvirlarning mahorat saboqlari yanada ko‘proq izlanishga, o‘z ustimizda ishlashga undadi. 

Festival yakunida g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi. 

 

Nazokat Usmonova, O‘zA

Поделиться