O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamoatchilik nazoratida mahallaning o‘rni

2017-04-25 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining Gulistonda o‘tkazilgan kengaytirilgan sayyor yig‘ilishida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining Sirdaryo viloyatidagi ijrosi ko‘rib chiqildi.

Videoselektor shaklida tashkil etilgan va viloyat, tuman, shahar hokimlari o‘rinbosarlari, korxona-tashkilot, muassasa rahbarlari, fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida mahallaning ijtimoiy mavqeini yanada mustahkamlash, uning vakolat va vazifalari doirasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 

– Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ushbu hujjatning qabul qilinishi mahalla fuqarolar yig‘inlari zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov. – Mazkur hujjatda belgilab berilgan ustuvor vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, mahallaning joylarda xalqning maslakdoshi va ko‘makdoshiga, ta’bir joiz bo‘lsa, adolat tarozisiga aylanishini ta’minlaydi. 

Yig‘ilishda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishida belgilangan davlat boshqaruvi va davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini yanada oshirish masalalari xususida atroflicha fikr almashildi. 

Qo‘mita a’zosi T.Norboyev sayyor yig‘ilish ishtirokchilarini qo‘mita ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalari bilan tanishtirdi. O‘tkazilgan monitoringda viloyatdagi 263 fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentimizning farmon va qarorlari, boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgani ta’kidlandi. 

Yig‘ilishda qonun ijrosini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlarida sezilarli natijalarga erishilgani holda, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmat va boshqa soha vakillari bilan mahalla o‘rtasida hamkorlik yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani, mahalla raislari va maslahatchilari qonun doirasida o‘z haq-huquqlarini to‘la anglab yetmagani, joylarda o‘z yechimini kutayotgan muammolar ham mavjudligiga e’tibor qaratildi. 

 

Abdujalol Qayumov, O‘zA

Поделиться