O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Elektron parlament tizimi rivojlanmoqda

2017-04-25 | Jamiyat

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida “Elektron parlament” tizimini rivojlantirish kompleks dasturini ishlab chiqish va qabul qilish belgilangan. Mazkur tizim demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarida Oliy Majlis hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytiradi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida "Harakatlar strategiyasini amalga oshirish: "Elektron parlament" tizimini joriy qilish va rivojlantirish" mavzuida tashkil etilgan davra suhbatida shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari S.Otamurodov, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I.Abdullayev va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida parlamentarizmni rivojlantirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali vakillik organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligi oshayotir. 

Qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil kabi vazifalarni amalga oshirish jarayonida ham zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Parlament palatalari rasmiy veb-saytlari muntazam ishlab turibdi. 

Davra suhbatida xalqaro tajriba tahlillari asosida "Elektron parlament" kompleks dasturi loyihasining muhim yo‘nalishlari muhokama etildi. Vakillik hokimiyati organlari korporativ ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini, foydalanilayotgan elektron hujjat aylanishi tizimini takomillashtirish hamda parlament ma’lumotlar bazasi, elektron kutubxonalar hamda boshqa axborot resurslarini shakllantirish yuzasidan takliflar bildirildi. 

 

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Поделиться