O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ravon yo‘llar – jon rohati

2017-04-25 | Jamiyat

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda qo‘mita raisi o‘rinbosari O.Odilov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida avtomobil yo‘llari tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror o‘sishi hamda aholi farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. 

Mamlakatimizda transport infratuzilmasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan kompleks dasturlar, avtomobil yo‘llari sifatini yaxshilash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, mavjud chorrahalar, yo‘l o‘tkazgichlar, ko‘prik va yo‘llar rekonstruksiya qilinmoqda, yangilari barpo etilmoqda. Bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda davlatimiz rahbarining 2017-yil 14-fevraldagi «Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Farmonga muvofiq, avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish, avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash, xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish, umumiy foydalanishdagi hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash kabi vazifalar qo‘mitaning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan. Hududlardagi mintaqaviy yo‘llarni kapital va joriy ta’mirlash ishlari qo‘mita tasarrufidagi tuman yo‘l xo‘jaligi korxonalariga biriktirilgan. 

Mamlakatimizning ba’zi hududlaridagi ta’mirtalab yo‘llar aholi va transport harakatiga noqulayliklar tug‘dirmoqda. Bu aholi va foydalanuvchilar e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. 

Mintaqaviy avtomobil yo‘llarining yo‘l qoplamalari holatini zarur darajaga keltirish, yo‘l-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholining hayot faoliyati uchun, ayniqsa, qishloq joylarida qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini va hududlarini istiqbolli rivojlantirish maqsadida 2017-yilning 14-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 

Mazkur hujjatda 2017-2018-yillarda 5 ming 454 kilometr, jumladan, 2017-yilda – 2 ming 700 kilometr, 2018-yilda – 2 ming 754 kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, qishloq va ovullarning ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash, ichki yo‘l va ko‘chalarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish hamda ularni pasportlashtirish, bu boradagi ishlar natijasi bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yaratish vazifalari qo‘yilgan. 

– Avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarida yo‘l qoplamalarining sifati va chidamliligini oshiradigan zamonaviy qurilish usullari va texnologiyalaridan foydalaniladi, – deydi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining boshqarma boshlig‘i Nodir Husanov. – Dasturga asosan kapital va joriy ta’mirlash ishlarini bajarish uchun mintaqaviy yo‘llarni ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni 330 yo‘l texnikasi bilan ta’minlash rejalashtirilgan. 

Matbuot anjumanida mutaxassislar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. 

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться