O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chavandozlarimiz g‘alabasi

2017-04-24 | Sport

Toshkent viloyatida ot sporti bo‘yicha jahon kubogining Markaziy Osiyo ligasi birinchi bosqich musobaqalari yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz ot sporti federatsiyasi hamda Xalqaro ot sporti federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan ellikka yaqin sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi. 

Bo‘stonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida o‘tkazilgan musobaqaning yakkalik bellashuvlarida chavandozlar konkur – to‘siqlardan ot sakratish yo‘nalishi bo‘yicha bahslashdi. 

130 santimetr balandlikdan ot sakratish bo‘yicha bahslarda Abdushukur Sobirjonov “Remteker” laqabli otida birinchi o‘rinni egalladi. G‘ayrat Nazarov “Kuatro Junior” laqabli otida ikkinchi, Xurshid Olimjonov “Giatris” nomli tulporida uchinchi bo‘ldi. 

Balandligi 135 santimetr bo‘lgan to‘siqlardan ot sakratishda “Ramiro” laqabli tulporida maydonga tushgan A’zamjon Tolibboyev g‘alaba qozondi. Qirg‘izistonlik Komil Sobitov “Kvintendro” laqabli otida kumush, yana bir chavandozimiz Oqil Sobirjonov “Demilion” laqabli otida bronza medalga loyiq topildi. 

"Millatlar kubogi" jamoaviy musobaqasida chavandozlar 135 va 145 santimetr balandlikdan ot sakratish bo‘yicha bahslashdi. Unda munosib ishtirok etgan Oqil Sobirjonov (“Samira”), Nurjon Tuyoqboyev (“King Kornet”), A’zamjon Tolibboyev (“Ramiro”) va G‘ayrat Nazarovdan (“Kuatro Junior”) iborat jamoamiz oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Qirg‘iziston, uchinchi o‘rin Qozog‘iston terma jamoalariga nasib etdi. 

Jahon kubogi bosqichi – Gran-pri bahslarida ham chavandozlarimizga teng keladigan raqib topilmadi. Balandligi 140 va 160 santimetr to‘siqlardan ot sakratishda Nurjon Tuyoqboyev “King Kornet” laqabli otida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Oqil Sobirjonov (“Samira”) ikkinchi, G‘ayrat Nazarov (“Kuatro Junior”) uchinchi o‘rinni egalladi. 

 
Bayram Aytmurodov, O‘zA

Поделиться