O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston-umumiy uyimiz!

2017-04-24 | Jamiyat

Andijonliklar bugun tongni o‘zgacha shukuh bilan qarshi oldilar.

Viloyat markazida yangragan karnay-surnay sadolari barchani do‘stlik va millatlararo birdamlik bayramiga chorladi. Qirg‘iz, tatar, rus, arman kabi millatlarning milliy qo‘shiqlari raqsga undagan bo‘lsa, milliy hunarmandchilik, xalq amaliy san’ati, shuningdek, rasmlar ko‘rgazmasida viloyatimizda turli millat vakillari ahil-inoqlikda istiqomat qilayotganliklari o‘z ifodasini topdi.

Viloyat teatrida bo‘lib o‘tgan tantanada viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, respublika Baynalmilal madaniy markazi rahbari Nasriddin Muhammadiyev, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining rahbari Isfandiyor Latipovlar ishtirok etdilar. Bayram tadbirida ta’kidlanganidek, ayni paytda viloyatimizda 30 ming nafar uyg‘ur, 19 ming nafar rus, 124 nafar arman, 36 ming nafartojik, 9 ming nafar tatar, 161 nafar qoraqalpoq, 1985 nafar ukrain millatiga mansub qardoshlarimiz istiqomat qilmoqdalar. Shuningdek, koreys, qirg‘iz, nemis, mesxeti turk va boshqa millat vakillari ham yagona oila tarkibida ozod va obod Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelmoqdalar.

Tarixga nazar tashlaylik: 1937 yili koreys millatiga mansub 200 ming nafar aholi o‘z vatanidan surgun qilindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida esa 151 ming nafar qrim tatar, 110 ming nafar mesxeti turk, 165 ming nafar chechen, 20 ming nafar ingush, 4500 nafar bolg‘or millatiga mansub qardoshlarimiz taqdir taqozosi ila o‘z yurtidan olisladi. Ularning aksariyati O‘zbekistondan makon topdi. Vaholanki, bu paytlarda millatdoshlarimizning o‘zlari tang ahvolda bo‘lib, ijtimoiy turmushda muammolar ko‘p edi. Ocharchilik odamlarning sillasini quritgan bo‘lishiga qaramay so‘nggi bir parcha nonini ham boshqa millat vakillari bilan baham ko‘rdi. O‘z uylaridangina emas, balki, yuraklaridan joy berdi. Ana shunday og‘ir damlarda xalqlar o‘rtasidagi ahillik, totuvlik, hamjihatlik, insoniy fazilatlar tengsiz kuchga aylandi.

Respublika Baynalmilal madaniy markazi tashkil topganligining 25 yilligi va “O‘zbekiston – umumiy uyimiz!” millatlararo festival doirasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi tadbirda bu mavzu yodga olindi. Shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi totuvlikni mustahkamlash, respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdolshlarimiz viloyat hokimligining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Viloyatda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi teatr sahnasiga va yig‘ilganlar qalbiga bayramona fayz olib kirdi.

Bayram tadbirlari, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istiroxat bog‘ida hamda «Do‘stlik uyi»da katta tantana bilan o‘tkazildi.

Поделиться