O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Boysunda tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2017-04-24 | Jamiyat

Davlatimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash, pirovardida eksportni rivojlantirish maqsadida tovarlar eksporti barcha bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan.

 

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida viloyat xokimining birinchi o‘rinbosari T.Bobolov raisligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda ana shu haqda so‘z bordi. Unda viloyat va tuman iqtisodiy kompleks mas’ul raxbarlari hamda tadbirkorlik subyektlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari so‘zga chiqib, tadbirkorlikka keng yo‘l ochishda bojxona tomonidan yaratilgan imtiyoz va qulayliklar haqida so‘z yuritdi.

Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrdagi PQ-2099-son qarori bilan bojxona xodimi tomonidan tovarlarni “eksport” bojxona rejimidan boshqa rejimda hamda belgilangan joydan tashqarida o‘tkazilgan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bir soatlik ish haqi 2 barobarga qisqartirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 199-sonli qarori bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tashqi savdo shartnomalarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, internet orqali tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga (TSO YAEAT) kiritish kabi interaktiv xizmati 2014 yilning 1 sentyabridan amaliyotga kiritilgan.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni qaror talablaridan kelib chiqqan holda elektron shaklda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali Davlat bojxona qo‘mitasi tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmoqdalar va eksport-import tovarlarining bojxona rasmiylashtiruvi ham elektron shakldagi shartnoma asosida amalga oshirilmoqda.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga doir tartib-tamoyillarni soddalashtirish, mavjud elektron tizimlardan samarali foydalanish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organiga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2015 yil 20 iyuldagi 197-son qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq, tovarlarni “eksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirishda xo‘jalik subyektlari tomonidan bojxona organlariga:

– eksport shartnomasi;

– bojxona yuk deklaratsiyasi;

– transport hujjatlari (transport turiga qarab yuk xati) va tovarga ilova qilinadigan hujjatlar (invoys) taqdim etilishi va Davlat vakolatli idoralar tomonidan - tegishli ruxsat beruvchi xujjatlarni taqdim etilishi belgilangan.

Yig‘ilish ishtirokchilariga qonun xujjatlariga so‘ngi yillarda kiritilgan ushbu o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

Shuningdek tadbirkor va fermerlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksporti yuzasidan qiziqtirayotgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Поделиться