O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Korrupsiyaga barham berishning mustahkam huquqiy asoslari mavjud
2017-04-24 | Jamiyat
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan Fuqarolik jamiyati shakllanishining monitoring qilish mustaqil instituti Xorazm xududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-sonli qarori ijrosi doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilikning o‘rni va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma shaxsiy tarkibi ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirni viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari I.Kazakov kirish so‘zi bilan ochib, korrupsiya va uning mudhish oqibatlari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda Fuqarolik jamiyati shakllanishining monitoring qilish mustaqil instituti Xorazm xududiy bo‘linmasi sektor mudiri T.Jumaniyozov so‘zga chiqib, korrupsiya — siyosat va davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy xavfli hodisa, davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishini ta’kidladi. Shuningdek, korrupsiya va poraxo‘rlik davlatni ich-ichidan yemirishi jahondagi ba’zi davlatlar tajribasidan yaxshi ma’lum.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo‘nalishlari mustahkamlangan. Unga ko‘ra, qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va oshkoralik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplaridir.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sirasiga aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish kiradi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash ham shular jumlasidandir.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi.