O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi Buxoroda sayyor uchrashuv o‘tkazdi

2017-04-24 | Jamiyat

Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi M.Toxiriyning Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari hamda fuqarolar bilan sayyor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda qo‘shma korxona vakillari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda jismoniy shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan va o‘ylantirayotgan masalalar bilan bevosita davlat bojxona xizmati organlari rahbariga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
 
Uchrashuv avvalida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 19 aprel kuni bo‘lib o‘tgan ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hisobidan import hajmi va turlarini maqbullashtirish, shuningdek, eksport prognoz ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishi va eksport hajmini yanada ko‘paytirish maqsadida mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish uchun barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi haqida so‘z bordi.
 
Ma’lumki, ushbu yig‘ilish davomida Davlat bojxona qo‘mitasiga import qiluvchi korxonalar faoliyatining import turi va nomenklaturasiga muvofiqligi ustidan doimiy qat’iy nazorat o‘rnatish va faoliyatiga xos bo‘lmagan tovarlar olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli tezkor choralar ko‘rish uchun .Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlariga har oy hisobot berishi topshirildi. Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga uskuna va texnologiyalar uchun import shartnomalarining narxlari, tender hujjatlari, shuningdek, «foydalanishga tayyor» shartlari asosida tuziladigan investitsiya loyihalarining asosliligini tanqidiy tahlil qilish topshirildi.
 
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 apreldagi 4891-sonli farmoyishi bilan tashkil etilgan Import bo‘yicha keltiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning hajmi va tarkibini tanqidiy tahlil qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish bo‘yicha komissiya rahbari M. Nurmurotovga Komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq, tarmoqlar tomonidan importni kamaytirish va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy javobgarlik choralari bo‘yicha qarorlari loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga har oyda kiritish topshirildi.
 
Ushbu vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida ijro etish shubhasiz Buxoroda ham viloyatning eksport salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi. Shuningdek, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yana bir karra chuqur tahlil qilindi.
 
Ta’kidlanganidek, Buxoroda ham mahalliylashtirish dasturi doirasida ilgari yurtimizga chetdan keltirilgan ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.
 
Jumladan, “Uz-Koreya Medikal” qo‘shma korxonasi tomonidan tibbiy sistema va bir martalik bolalar tagligi ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, buning uchun birgina 2016 yilda chetdan salkam 819 ming AQSH dollari qiymatdagi xom-ayoshlar bojxona imtiyozlari asosida import qilgan.
 
Kir yuvish kukunini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan “Bahor plastik” qo‘shma korxonasi 2017 yilning I choragi davomida 30 ming AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi xom-ashyolarni xorijdan import qilgan.
 
Bu kabi misollarni polimer, marmar, vanna ishlab chiqaryotgan “Guliston Storoy Servis” MCHJ, vata ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan “Sitorai chorbakr” MCHJ, shisha kristallari – qurilish materiallarini ishlab chiqarayotgan “Shaxinabonu Yakkatut” MCHJ, keramik plitalarga ixtisoslashgan “Minokor” MCHJ korxonalari misolida uzoq davom ettirish mumkin.
 
Eng muhim jihat shundaki, ushbu korxonalarga o‘tgan qisqa muddat davomida bojxona to‘lovlaridan 1 mlrd. 350 mln. so‘mlik imtiyozlar qo‘llanilgan. Ayni shuning o‘ziyoq davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yorqi ifodasi bo‘la oladi.
 
Sayyor uchrashuvda tadbirkorlar bilan bojxona sohasida duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etirish yo‘llari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
 
Suhbat ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Поделиться