O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy TIV rahbari bilan uchrashuv
2017-04-21 | Siyosat
2017-yil 21-aprel kuni ShHT TIVKning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ostona shahrida Xitoy Xalq Respublikasining Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.
Vazirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga bo‘lajak davlat tashrifi hamda O‘zbekiston delegatsiyasining Pekindagi “Bir belbog‘, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi