O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kitobsevar yoshlar ko‘paymoqda

2017-04-20 | Madaniyat

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Shayxontohur tumani hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, axborot-resurs markazlarining mutaxassislari, o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. 

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova, Shayxontohur tumani hokimi O.Mirtemirov va boshqalar navqiron avlod ma’naviy olamini boyitish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda kitobning ahamiyati beqiyos ekanligini ta’kidladi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. 

Tadbirda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, g‘oyaviy-badiiy jihatdan puxta asarlar targ‘ibotini tashkil etish, «ommaviy madaniyat», internet tarmog‘idagi xurujlardan yoshlarni asrash, she’rxonlik kechalari, mushoira va boshqa adabiy tadbirlarni ko‘proq uyushtirish lozimligiga e’tibor qaratildi. 

 
Azima Qiyosova, Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA

Поделиться