O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Amaliy tadbirlar davom etmoqda.
2017-04-19 | Jamiyat
Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi majlisining 2017 yil 15 mart kunidagi 2-son bayonining ijrosi doirasida joriy yilning 11-16 aprel kunlari bahor-yoz mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sel va suv toshqinlarining oldini olish va salbiy ta’sirini imkon darajada kamaytirish maqsadida, Andijon, Buxoro, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahar hududidan oqib o‘tuvchi daryo, soy va kanallarning xavfli uchastkalarida qirg‘oqlarni mustahkamlash va o‘zanlarini tozalashga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Jumladan:
Andijon viloyati Izboskan tumani hududidan oqib o‘tuvchi Tentaksoyda;
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Bosh Shofirkon” kanalida;
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani “Sho‘razak” kanalida;
Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan oqib o‘tuvchi Ohangaron daryosida hamda Chinoz tumani hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosida;
Farg‘ona viloyati O‘zbeksiton tumanidagi Dahanasoy sel tashlama arig‘i va “Tegirmontosh” suv taqsimlash inshootida, Farg‘ona tumani “Vodil” bosh suv taqsimlash inshootida;
Xorazm viloyati Xiva tumanidagi “Xoroson” kanalida;
Toshkent shahar hududidan oqib o‘tuvchi “Salar” kanalida.
Mazkur o‘quv mashqlariga umumiy hisobda 1776 nafar aholi va tegishli xizmatlarning xodimlari hamda 182 ta muhandislik texnikalari va avtosamosvallar jalb etilib, jami 17683 m3 tuproq-tosh va 7112 pog.km o‘zan tozalash ishlari bajarildi.
Bu kabi o‘quv mashqlar boshqa hududlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.