O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Biznes uchun malakali kadrlar

2017-04-19 | Iqtisodiyot

Xodimlarni to‘g‘ri tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha samarali tizim kompaniya muvaffaqiyatini belgilaydigan asosiy omil hisoblanadi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida biznes uchun mutaxassislar tayyorlashga doir zamonaviy talablar va HR-menejmentni qo‘llash imkoniyatlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra suhbatida shu haqida so‘z yuritildi.

Bugun O‘zbekistonda aksariyat yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgani ta’kidlandi. Korporativ boshqaruv uslubini joriy etayotgan kompaniyalar ko‘paymoqda. Ular iqtisodiyotimizni mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim o‘rin tutmoqda. Birinchi Prezidentimizning 2015-yil 24-apreldagi "Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir. 

Davra suhbatida kasb-hunar kollejlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik natijalari muhokama etildi. Xususan, korxonalar ehtiyojiga qarab, kasb-hunar kollejlarida yangi o‘quv yo‘nalishlari tashkil qilinayapti. Korxonalarda esa o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali o‘tashi uchun barcha qulay sharoitlar yaratilmoqda, maxsus o‘quv sinflari va markazlari tashkil etilmoqda. 

Tadbirda kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘z tizimini ishlab chiqqan yirik kompaniyalar tajribasi ham ko‘rib chiqildi. 

Davra suhbatida marketing va HR-menejment sohasi mutaxassislari ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi. 

 

Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться