O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Respublikamiz bo‘ylab targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda
2017-04-18 | Jamiyat
2017 yil 10-16 aprel kunlari hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Aholini va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlari tomonidan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi bilan tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha suhbatlar va tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Jumladan:
Andijon viloyatida 4 ta maxalla fuqarolar yig‘inlarida;
Buxoro viloyatida 6 ta maxalla fuqarolar yig‘inlarida;
Jizzax viloyatida 2 ta maxalla fuqarolar yig‘inlarida;
Qashqadaryo viloyatida 8ta maxalla fuqarolar yig‘inlarida;
Navoiy viloyatida 22 ta maxalla fuqarolar yig‘inlarida;
Namangan viloyatida 6 ta maxalla fuqarolar yig‘inlarida;
Samarqand viloyatida 2 ta maxalla fuqarolar yig‘inlarida;
Sirdaryo viloyatida 8 ta maxalla fuqarolar yig‘inlarida;
Surxondaryo viloyatida 11 ta maxalla fuqarolar yig‘inlarida;
Toshkent viloyatida 8 ta maxalla fuqarolar yig‘inlarida;
Farg‘ona viloyatida 10 ta maxalla fuqarolar yig‘inlarida;
Xorazm viloyatida 4 ta maxalla fuqarolar yig‘inlarida suhbatlar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlar jami 91 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilib, ularda 3168 nafar aholi bilan “Yashash uylardagi tabiiy gazning portlashi”, “Zilzila va uning salbiy oqibatlari”, “Tabiiy hamda texnogen xususiyatli FV sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish”, “Fuqarolarning ovqatdan zaharlanishi”, “Quturish kasalligini oldini olish”, “Botulizm kasalligini oldini olish”, “Qrim-Kongo gemorragik kasalligidan ehtiyot bo‘ling” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Suhbatlar davomida fuqarolarga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishining asosiy sabablari hamda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tushunchalar berildi.