O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruktsiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari (Gipermarketlar, Supermarketlar, Minimarketlar) qurish dasturi

2017-04-18 | Jamiyat

Respublika dehqon bozorlarini rekonstruktsiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish yoʻli bilan meʼmoriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, zamonaviy savdo-bozor infratuzilmasini shakllantirish, aholining har xil turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va isteʼmol tovarlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruktsiyaqilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualariqurish Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-2853-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan:

- bozorlarga isteʼmolchilar ehtiyoji mavjudligini va dehqon bozorlari hududidagi savdo rastalari va turgʻun savdo shoxobchalari yuklamasini hisobga olgan holda respublika boʻyicha 59 ta dehqon bozorlari sonini va ularning egallab turgan maydonlarini optimallashtirish;

- qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotadigan dehqon bozorlarini rekonstruktsiya qilish va yangilash, ularni barcha zarur muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlash sharti bilan har bir bozorga yondosh hududda yigʻma-qismlarga ajratiladigan yengil metall konstruktsiyalardan va sendvich panellaridan keng foydalangan holda savdo pavilonlarini barpo etib xaridorlarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun eng qulay shart-sharoitlarni va zamonaviy savdo-bozor infratuzilmasini yaratish;

- shahar va tumanlar aholisi sonidan kelib chiqqan holda dehqon bozorlari hududida mijozlarga yuqori sifatli servis xizmatlari koʻrsatishni tashkil etgan holda namunaviy loyihalar boʻyicha oziq-ovqat va isteʼmol tovarlari bilan savdo qilish uchun moʻljallangan 2017-2019 yillar mobaynida zamonaviy 242 tasavdo majmualarini (9 ta gipermarketlar, 154 ta supermarketlar, 79 ta minimarketlar) qurish koʻzda tutilgan.

Поделиться