O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxtimizda garajlar o‘rnida avtomobillar to‘xtash joylari barpo etiladi

2017-04-18 | Jamiyat

Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan brifingda poytaxtimizda avtotransport vositalarini saqlash joylarini tartibga keltirishga oid amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Transport vositalari kundan-kunga ortib borayotgani va ularni vaqtinchalik saqlash joylari yetishmayotgani sababli poytaxtimizning tuman, mavze, dahalarida avtotransport vositalarini belgilanmagan joylarda, ya’ni turar joy mavzelari ichida, ko‘p qavatli uylar oldida va boshqa hududlarda qoldirish holatlari ko‘paymoqda. 

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtimizda avtotransport vositalari 2017-yil 1-mart holatida 2015-yilga nisbatan 19 foiz ortgan. 

Shaharsozlik, sanitariya va yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan, tartibsiz joylashtirilgan temir-beton garajlardan aholi transport vositalaridan tashqari turli buyumlarni saqlash, ikkilamchi qog‘oz va yelim mahsulotlarini yig‘ish shoxobchalari tashkil qilish va boshqa maqsadlarda foydalanib kelmoqda. 

Brifingda poytaxtimizda shaharsozlik qoidalari va sanitariya me’yorlari talablariga javob bermaydigan temir-beton garajlarning buzilishi hisobiga ularning o‘rnida zamonaviy shaharsozlik norma va qoidalariga mos 2, 3 va 6 qavatli hamda kichik hududlarda usti yopilmagan avtomobillar turadigan joylar qurish rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Dastlabki loyihalarga muvofiq, rejalashtirilayotgan 2 qavatli avtomobillar turadigan joyda 80; 3 qavatlisida 144; 6 qavatlisida 480 va 532 yengil transport vositasi joylashtirilishi ko‘zda tutilmoqda. 

Yangi inshootlar qurilishida aholining takliflari inobatga olinmoqda. Shundan kelib chiqib zamonaviy talablarga mos, birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi joylashtiriladigan ko‘p qavatli avtomobillar turadigan joylarning loyihalari tayyorlandi. Ushbu loyihalar xalqimiz tomonidan muhokama qilinishi uchun www.gov.uz saytiga joylashtirildi. 

 
Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться