O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy Osiyo suv xo‘jaligida to‘rtta yangi loyiha amalga oshiriladi

2017-04-18 | Ekologiya

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida «Suv resurslari nazoratini yaxshilash borasidagi tashabbuslar» mavzuida xalqaro seminar o‘tkazildi.

Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi ijrochi direktori I.Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari B.Alixonov, AQShning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi P.Spratlen va boshqalar suv resurslarini boshqarish, ekologik xavfsizlikni mustahkamlash sohasidagi hamkorlik mintaqa davlatlari uchun muhim masalalardan ekanini ta’kidladi. 

2001-yilda faoliyat boshlagan xalqaro mustaqil notijorat tashkilot – Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining bu yo‘ldagi sa’y-harakatlari salmoqli. O‘tgan davrda tashkilot 48 million yevro miqdoridagi 230 dan ortiq loyihani amalga oshirgan. 

Seminarda mazkur tashkilotning «Markaziy Osiyoda suv, ta’lim va hamkorlik», «O‘zbekistonda barqaror suv va ekologik rivojlanish uchun hamkorlik va xabardorlikni oshirish. Komponent 3», «Markaziy Osiyoda suv hamkorligi», «Iqlim o‘zgarishining Amudaryo havzasidagi yer usti suvlari sifatiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish» kabi loyihalari ilgari surildi. Ular Yevropa Ittifoqi, AQShning xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladi. 

– To‘rt loyihaning tatbiq etilishi natijasida suv xo‘jaligi tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari xodimlari va soha mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlik yanada yaxshilanadi, – deydi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi ijrochi direktori Iskandar Abdullayev. – Ular doirasida ta’lim dasturi uchun texnik yordam berish, jumladan, obyektlarni texnik va laboratoriya uskunalari, jihoz va qo‘shimcha materiallar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. 

– Suvdan oqilona foydalanish sohada kadrlar tayyorlash tizimini yaxshilash va xodimlar malakasini oshirish, suv resurslarini nazorat qilishda innovatsion usullarni qo‘llash, aholining ekologik xabardorlik darajasini oshirish kabi masalalarga bog‘liq, – deydi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays. – O‘zbekistonda bu boradagi ishlar, jumladan, sug‘orma dehqonchilik amaliyotlari, tomchilab sug‘orish usuli o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. 

Tadbirda iqlim o‘zgarishining Amudaryo suvlariga ta’sirini o‘rganish va ushbu o‘zgarishlarga qarshi adaptatsiya choralarini ishlab chiqish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

 
Sevara Alijonova, O‘zA

Поделиться