O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dolzarb vazifalar muhokama etildi

2017-04-17 | Jamiyat

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashining VII plenumi o‘tkazildi.

Partiya siyosiy kengashi raisi va fraksiya rahbari N.Umarov O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining 2016-yildagi faoliyati va 2017-yildagi ustuvor vazifalar haqida axborot berdi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida partiya elektorati manfaatlari va dasturiy vazifalariga daxldor takliflar o‘z aksini topgan. O‘tgan qisqa vaqt ichida uning ijrosini ta’minlash borasida qator natijalarga erishilayotgani ta’kidlandi. 

Partiyaning “Adolat – qonun ustuvorligida!” loyihasi doirasida hududiy va mahalliy Kengashlarda partiya faollari hamda deputatlardan iborat ishchi guruhlari tuzilgan. Haftaning har chorshanba kunlari ishchi guruhlar tomonidan joylarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan bevosita muloqotlar tashkil etilmoqda. Ularda mahallalar, xonadonlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ijtimoiy obyektlarning holati, mavjud muammolar, qonunlar ijrosi tizimli ravishda o‘rganilmoqda. 

Xususan, joriy yilning fevral-mart oylarida jami 1 ming 122 mahalla fuqarolar yig‘ini, 29 ming 856 xonadon, 1 ming 159 xo‘jalik yurituvchi subyekt va ijtimoiy obyektlar holati o‘rganildi. Saylovchilar va aholi tomonidan ishchi guruhiga 3 ming 218 murojaat kelib tushgan. Murojaatlardagi masalalarni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga partiya deputatlari tomonidan 927 deputatlik so‘rovi yuborildi. 

Yig‘ilishda hududiy partiya Kengashlarida tashkil etilgan “Adolat” qabulxonalari hamda partiyaning Virtual qabulxonasi ishida deputatlik korpusining faol ishtirokini ta’minlash masalasi ham diqqat-e’tiborda bo‘ldi. Partiya tizimidagi “Adolat” qabulxonalariga o‘tgan ikki oy ichida fuqarolardan kelib tushgan jami 529 murojaatning 188 tasi mahalliy hokimiyat idoralari hamda tegishli tashkilotlarga so‘rovlar chiqarish orqali ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 85 fuqaroga tegishli tushuntirish va huquqiy maslahatlar berilgan. 

Plenum yakunida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2017-yildagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. 

 
Malohat Husanova, O‘zA

Поделиться