O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nukusda hunarmandlar markazi

2014-10-14 | Iqtisodiyot

O'zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi qoshida hunarmandlikni rivojlantirish markazi ochildi.

O'zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi qoshida hunarmandlikni rivojlantirish markazi ochildi.

O'zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi hamda YuNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan markazning ochilishiga bag'ishlangan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida milliy hunarmandlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta'minlash va oilalar daromadini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
o'z samaralarini berayotgani ta'kidlandi.

Tadbir doirasida gilamdo'zlik, kashtachilik, hunarmandlik mahsulotlari, amaliy san'at asarlari ko'rgazmasi namoyish etildi. "Ustoz-shogird" an'analari asosida tajribali hunarmandlar tomonidan mahorat saboqlari o'tkazildi.

– Markazda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, yoshlarga soha sirlarini o'rgatish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, – deydi chimboylik hunarmand Ulbo'sin O'tepbergenova. – Ko'rgazma o'zimiz tayyorlayotgan mahsulotlarni keng targ'ib etish uchun ayni muddao bo'ldi.

Markaz milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, boy madaniy merosimizni, hunarmandlik va amaliy san'at asarlarini keng targ'ib etish, "ustoz-shogird" an'analarini davom ettirish, milliy hunarmandlik sirlarini yosh avlodga o'rgatish bo'yicha faoliyat olib boradi. Milliy kashtachilik va amaliy san'at asarlarini xalqaro miqyosda targ'ib etish hamda sayyohlikni rivojlantirishga hissa qo'shadi.

Поделиться