O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maktabgacha ta'lim muassasalarida "Shaxmat" to'garaklari tashkil etiladi

2017-04-14 | Ta’lim

Poytaxtimizdagi shaxmat bo'yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida "Maktabgacha ta'lim muassasalarida "Shaxmat" to'garaklarini keng joriy etish va rivojlantirish" mavzusida o'quv seminari o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va O'zbekiston shaxmat federatsiyasisi hamkorligida tashkil etilgan seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari hamda poytaxtimizdagi tuman maktabgacha ta'lim bo'limi yo'riqchi-uslubchilari ishtirok etdi.

Tadbirda Xalq ta'limi vazirligining tegishli boshqarma va bo`lim boshliqlari, shaxmat bo'yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi mas`ul xodimlari va boshqalar yurtimizda yosh avlodni har tomonlama sog'lom va barkamol yetib voyaga yetkazish, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor o'zining yuksak samarasini berayotganini ta’kidladi.

Seminarda "Maktabgacha ta'lim muasssalarida "Shaxmat" to'garaklarini tashkil etish va boshlang'ich ko'nikmalarni hosil qilish" mavzusidagi taqdimot va mahorat darslarida ishtirokchilarga MTMda sportning ushbu turini keng ommalashtirish, tarbiyalanuvchilarni shaxmat sportini o'rganishga ishtiyoqini oshirish yuzsidan zarur uslubiy tavsiyalar berildi.

Поделиться