O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent Metropolitenida pensionerlarni bepul tashish to'g'risida
2017-04-14 | Jamiyat
Keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning har biri toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, ular uchun shahar yoʻlovchi tashish transportidan foydalanishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 martdagi 128-sonli “Toshkent metropolitenida pensionerlarni bepul tashi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan pensionerlarni Toshkent metropolitenida 2017 yil 15 martdan boshlab soat 10:00 dan 16:00 gacha bepul tashish, buning natijasida “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi tomonidan olinmay qoladigan daromadlarni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplash mexanizmi joriy qilindi.
Shu bilan birga, yuqoridagi qarorga asosan, Kunduzi Toshkent metropolitenidan bepul foydalanadigan pensionerlar sonini hisobga olish va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyati “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining olinmay qoladigan daromadlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizomda quyidagilar koʻzda tutilgan:
- bir martalik maxsus bepul jetonlar realizatsiya qilish orqali pensionerlarning Toshkent metropolitenidan soat 10:00 dan 16:00 gacha bepul foydalanish tartibi;
- metropoliten har qaysi stantsiyasining kirish joyida soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda bepul yurish uchun bir martalik maxsus bepul jetonlarni qabul qilish boʻyicha bitta maxsus turniket ajratish;
- oy yakunlari boʻyicha realizatsiya qilingan bir martalik maxsus bepul jetonlar toʻgʻrisida oylik hisobot tuzilishi, keyinchalik u pensionerlarni soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda pensionerlarni tashishdan olinmay qoladigan daromadlarni qoplash uchun Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasiga taqdim etish tartibi.
Pensionerlarni soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda pensionerlarni tashishdan olinmay qoladigan daromadlarni qoplash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 17 sentyabrdagi 273-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 9-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan tariflar boʻyicha aholiga xizmatlar koʻrsatish munosabati bilan shaharda yoʻlovchilarni muntazam tashish bilan band boʻlgan tashuvchilar koʻradigan zararlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.