O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sayyor qabullar samaralari

2017-04-14 | Jamiyat

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida davlat boshqaruvi, xalq vakilligi organlari, mahalliy hokimliklar va huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlarining joylardagi sayyor qabullari davom etmoqda.

Namangan viloyatining Namangan tumani hokimligida tashkil etilgan sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi rahbari, viloyat hokimligi, prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati Prezidentimizning Virtual qabulxonasi va tumandagi Xalq qabulxonasiga yuborilgan murojaatlar asosida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 

Tadbirga tuman hokimligi, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari, ijtimoiy muassasalar, kommunal va boshqa xizmat ko‘rsatish korxonalari rahbarlari jalb etildi. 

Sayyor qabulga tumanning Qumqo‘rg‘on, Sho‘rqishloq, Sho‘rqo‘rg‘on, Xonobod, Bog‘ishamol, Kichik Toshbuloq, Nurafshon, Istiqlol, Navbahor, Tepaqiyot, Kichik Toshbuloq qishloqlari, Toshbuloq shaharchasi va Namangan shahridan Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar taklif etilib, ularni qiynayotgan muammolar yechimi yuzasidan choralar ko‘rildi. 

– Mahallamizda elektr energiyasi ta’minoti shu choqqacha talab darajasida emasdi, – deydi Sho‘rqo‘rg‘on mahallasida yashovchi Xayrullo Xo‘jayev. – Sababi aholi o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, o‘rnatgan qo‘lbola simyog‘ochlar orqali sim tortib kelingan. Bu elektr energiyasi ta’minoti sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, xavfsizlik talablariga ham mutlaqo zid. Mazkur masalada qilgan murojaatlarimiz natijasiz qolayotgan edi. Bugun ushbu qabulda mahalla nomidan qilgan murojaatimiz ko‘rib chiqilib, tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbariyatiga bir oy muddatda zamonaviy elektr tarmog‘ini tortish vazifasi yuklatildi. 

– Oliy ma’lumotli bo‘lishimga qaramay ishsiz yurgan edim, – deydi Kichik Toshbuloq qishlog‘ida yashovchi Kamola Dehqonova. – Ishga joylashish yuzasidan yordam so‘rab qilgan murojaatim asosida meni mutaxassisligim bo‘yicha tuman arxitektura bo‘limi ishga qabul qiladigan bo‘ldi. Rahbarlarni xalq bilan hamnafas bo‘lish, uning dardu tashvishiga quloq tutish va muammolarini hal etishga undayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz. 

– O‘zim Namangan shahrida yashayman, – deydi tadbirkor Ziyoviddin Iminjonov. – Meva sharbati ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tuman hududidan yer ajratilishini so‘rab murojaat qilgan edim. Ikki hafta muddatda asoslantirilgan javob oladigan bo‘ldim. Ushbu loyiha amalga oshsa, 40 yangi ish o‘rni yaratiladi. 

Sayyor qabulda fuqarolardan tushgan 21 murojaat ko‘rib chiqilib, ulardan 19 tasiga o‘z joyida yechim topildi, 2 murojaat atroflicha o‘rganish va asoslantirilgan javob berish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi. 

– Xalq qabulxonasi faoliyatidan aholi mamnun, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan tumanidagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi Sherali Karimov. – O‘tgan qisqa muddatda bu yerga 300 dan ziyod murojaat kelib tushdi va ularning 220 dan ortig‘i joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilmoqda. 

 

Akramjon Sattorov, O‘zA

Поделиться