O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kichik sanoat zonasi barpo etiladi

2017-04-13 | Iqtisodiyot

2017 yil 30 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida kichik sanoat zonasini barpo etish to‘g‘risida»gi PQ-2860-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Sirdaryo viloyati hokimligining, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida uning bosh rejasiga mos tarzda chegaralangan hududida ilovaga muvofiq kichik sanoat zonasi (keyingi o‘rinlarda – kichik sanoat zonasi)ni barpo etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan kichik sanoat zonasi tarkibiga kiritilgan yer uchastkalari Sirdaryo viloyati hokimligining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasarrufida bo‘lishi hamda kichik sanoat zonasining faoliyat yuritish muddati keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etishi belgilab qo‘yildi.

Qaror bilan kichik sanoat zonasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.

Ushbu qarorga asosan kichik sanoat zonasining qatnashchilari – ishlab chiqarish mikrofirmalari va kichik korxonalar, xo‘jalik yuritish subyektini kichik sanoat zonasi hududida joylashtirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab:

yagona soliq to‘lovini to‘lashdan;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha, kichik sanoat zonasi hududida loyihalarni amalga oshirish doirasida o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar, shuningdek, metall konstruksiyalar va qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ozod qilinmoqda.

Поделиться