Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 2017 yil 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi birinchi o‘rinbosari S.Safoevning Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Litsze bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdilar.
Shundan kelib chiqqan holda shu yilning may oyida Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi doimiy qo‘mitasining raisi va bosh kotibi Van Chen boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga qiladigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi.