O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida
2017-04-12 | Jamiyat
2017 yilning 3-7 aprel kunlari Samarqand viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi negizida Halqaro atom energiyasi agentligi (HAEA) ko‘magida yirik ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish davrida radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan o‘quv kursi o‘tkazildi.
2017 yilning 3-7 aprel kunlari Samarqand viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi negizida Halqaro atom energiyasi agentligi (HAEA) ko‘magida yirik ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish davrida radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan o‘quv kursi o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda HAEA ekspertlari E.Paladi (Avstriya), A.Karlos (Braziliya), R.Dush-Santos (Braziliya) va Yu.Sklyanchuk (Ukraina)lar o‘rgatuvchi-yo‘riqchi sifatida, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari esa o‘rganuvchilar sifatida ishtirok etishdi.
O‘quv kursi mavzuga oid ma’ruzalar, seminarlar, guruhli amaliy va dala o‘quv mashg‘ulotlari shaklida o‘tkazildi.
Yadroviy va radiatsiyaviy terrorizm tahdidining dolzarbligi oshib borayotganligini inobatga olgan holda, respublikamizda o‘tkaziladigan yirik ommaviy tadbirlarga tayyogarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish davomida radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash tegishli vazirlik va idoralarning asosiy vazifalaridan biriga aylanmoqda.
Bu borada HAEAning uzoq yillar davomida to‘plagan boy tajriba, malakali ekspertlar hamda zamonaviy qurol-aslahalarga ega ekanligini xisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ushbu tashkilot bilan radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida hamkorlik qilish borasida 2017 yilga alohida reja ishlab chiqilgan va ijroga qaratilgan.
Ushbu rejaga muvofiq yil davomida bir qator o‘quv kurslari va seminarlar, ularda olingan bilim va ko‘nikmalarni amalda sinovdan o‘tkazish uchun esa namunaviy maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazish rejalashtirilgan.
Samarqand shahrida o‘tkazilgan o‘quv kursi ishtirokchilari ham kelajakda aholi va hududlarning yadroviy, radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.