O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamoat transporti istiqbollari

2017-04-12 | Jamiyat

2017 yilning 11 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini yanada rivojlantirish choralari toʻgʻrisida"gi 129 sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda 2017-2019 yillar poytaxt Toshkentda jamoat transporti tizimida qilinishi lozim boʻlgan ishlar istiqboli belgilab berilgan.

Unda, xususan, Toshkent shaxrida jamoat transporti faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, qatnovlar xavfsizligini yanada oshirish, yoʻlovchilarga yuqori madaniyatli xizmat koʻrsatish, "Toshshahartransxizmat"AJ tarkibidagi avtokorxonalarning moliyaviy ahvoli va infrastrukturasini tubdan yangilash yoʻlida qilinadigan vazifalar koʻrsatib oʻtilgan.

Xususan, qarorda Toshkent shahri jamoat transportini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, shahar aholisining transportga boʻlgan ehtiyojini chuqur oʻrganib, toʻliq qondirish, avtosaroylarni yangi, zamonaviy avtobuslar bilan bos¬qichma-bosqich taʼminlab borish, metropolitenning yangi bekatlari qurib bitkazilishi, shaharda olib borilayotgan yangi koʻpriklar qurilishlari inobatga olinib yangi bekat va yoʻnalishlar ochish nazarda tutilgan.

Shu bilan birga Toshkent halqa yoʻli bilan tutash manzillarda yangi avtoshohbekatlar qurish, xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish, avtobuslar qatnov jadvali va oraliq masofalarda belgilangan tartibga qatʼiy rioya qilib harakatlanishi alohida koʻrsatib oʻtilgan.

Qarorda koʻpchilik hamshaxarlarimiz va poytaxtimiz mehmonlarini xursand etadigan jixat bu — shahar koʻchalarida katta va kichik sigʻimli yangi zamonaviy avtobuslarning bosqichma-bosqich koʻpaytirib borish nazarda tutilganidir. Jumladan, 2017 yilda katta sigʻimli 50 ta, 2018 yilda 110 ta, 2019 yilda esa 190 ta, jami uch yilda 350 ta zamonaviy "MAN" rusumli avtobus xarid qilish nazarda tutilgan.

Oʻrta sigʻimli "ISUZU" rusumli avtobus esa, 2017 yilda 140ta, 2018 yilda 175ta, 2019 yilda 200ta, jami 515ta xarid qilinishi belgilangan.

Qarorda taʼkidlanganidek, "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyati tizimidagi avtobus saroylarida soʻnggi uch yil ichida 865 ta yangi avtobus tasarrufga qoʻshiladi. Qarorda shuningdek :

- "MAN" rusumli avtobuslarga texnik xizmati koʻrsatish uchun "Toshshahartransxizmat" AJ tizimidagi avtobus saroylarida servis xizmati markazlari tashkil etilishi 

- tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda tizimga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish vositasida bosqichma-bosqich elektron toʻlov tizimini joriy etish. 

- harakat tarkibini tasarruf etish ehtiyojlari uchun ehtiyot qismlar, jumladan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, GPS trekeri va GPS/GSM antennalar, shina va boshka xorijdan olib kelinadigan extiyot qismlar bojxona toʻlovlaridan ozod etish. 

- Toshkent shahri yoʻlovchi transportini rivojlantirishning uzoq muddatga moʻljallangan strategiyasini aniqlash maqsadida 2017 yil oxiriga qadar yoʻlovchi transportini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasini ishlab chiqish koʻrsatilgan.

Поделиться