O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi

2017-04-10 | Jamiyat

"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining navbatdagi so‘rovnomasi O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatidan fuqarolarning xabardorlik darajasiga bag‘ishlandi.

So‘rovnomada ishtirok etgan aksariyat fuqarolar Harakatlar strategiyasi xalqimizning turmush farovonligini yanada yaxshilash va mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim hujjat, deb hisoblaydi. 

Ijtimoiy tadqiqot jamiyat hayotining barcha sohalarida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar aholi manfaatlariga javob berayotganini, islohotlar odamlarning hayot darajasi va sifatini oshirish bilan birga, tafakkurini ham o‘zgartirayotganini ko‘rsatgan. 

79,9 foiz respondentlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatini yaxshi bilishini ta’kidlagan. 

“O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini o‘z vaqtida qabul qilingan hujjat, deb hisoblaysizmi?” degan savolga ishtirokchilarning aksariyati (83,5 foiz) ijobiy javob bergan.  

«Sizni o‘ylantirayotgan muammolar Harakatlar strategiyasining qaysi ustuvor yo‘nalishlarida o‘z aksini topgan?» degan savolga respondentlarning ko‘pchiligi Strategiyadagi barcha yo‘nalishlar davlat va jamiyat hayotida yangi rivojlanish bosqichini boshlab beradi, o‘zlarini qiynayotgan muammolarni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblaydi.  

Davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va oshkoraligi bo‘yicha respondentlarning fikri o‘rganildi. 

Davlatimiz rahbari tomonidan 2017-yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilinishi mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizda xalq bilan muloqot qilish, adolat va haqiqat tamoyillarini qaror toptirishda yangi bosqichni boshlab berdi. Prezidentimizning «Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir», degan hayotbaxsh so‘zlari bugun Xalq qabulxonalariga kiraverishda katta harflar bilan yozib qo‘yilgan. Fuqarolar fikricha, davlatimiz rahbarining ushbu so‘zlari har bir yurtdoshimiz uchun eng muhim vazifa bo‘lishi kerak. 

Fuqarolar hokimiyatning ijroiya organlari faoliyatidan turli darajada qoniqishi so‘rovnoma natijalarida aks etgan. Har ikkinchi respondent hokimiyat ijroiya organlari ishidan mamnun, har uchinchisi – qisman rozi, 12,1 foizi – rozi emas.   

Ishtirokchilar hokimiyat ijroiya organlari rahbarlari faoliyatining fuqarolarga ochiqligini ham turlicha baholagan. 40,7 foiz respondentga ko‘ra, barcha ma’lumotlar ochiq va yetarli. Qatnashchilarning 33,9 foizi hamma fuqarolar uchun ham ma’lumotlar oshkora emas, deb hisoblaydi.  

So‘rovnomada ishtirok etganlar yaxshi maoshli ish topish, oylik maoshni vaqtida olish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishda qator qulayliklar yaratilganini, pensionerlar, nogironlar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish, aholini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash xizmatlari yuqori darajaga ko‘tarilganini ma’lum qilgan. 

Fuqarolar 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va u asosida qabul qilinayotgan davlat dasturlari olib borilayotgan barcha islohotlar sifatini yanada oshirishda, davlat va jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini modernizatsiya qilish va liberallashtirishda, aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishda asosiy dasturilamal bo‘lishiga, inson manfaatlariga xizmat qilishiga va ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishda katta yordam berishiga ishonmoqda.

Поделиться