O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy Osiyo davlatlari TIV rahbarlarining uchrashuvi

2017-04-10 | Siyosat

2017-yilning 7-aprel kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyoning besh davlati tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanov, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirodjidin Aslov, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiyev Markaziy Osiyo mintaqasidagi holat, hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi aloqalar hamda mavjud umumiy muammolar yechimlarini birgalikda ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ochgach, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari so‘zga chiqdilar.

Yig‘ilish ishtirokchilari Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanovning BMT Xavfsizlik Kengashida olib borilayotgan ishlar haqidagi axborotini ham tingladilar.

Fikr almashish chog‘ida mazkur shakldagi vazirlar uchrashuvi barcha uchun foydali ekanligini tasdiqlandi.

Yig‘ilish yakunida Markaziy Osiyo TIV rahbarlarining shu kabi forumlarini muntazam ravishda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Поделиться