O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Huquqiy madaniyat – muhim omil

2015-02-27 | Jamiyat

Mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasining eng muhim bosqichi Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti izchil davom etmoqda.

Saylovoldi tashviqoti Prezidentlikka nomzodlar va siyosiy partiyalar uchun jiddiy sinov hisoblanadi. O'zbekistonning amaldagi qonunchiligida saylovoldi tashviqoti bilan bog'liq huquqiy asoslar mustahkamlangan bo'lib, ushbu jarayonning teng sharoitda, adolat, ochiqlik va oshkoralik mezonlari asosida olib borilishi to'liq kafolatlangan. Xususan, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi, "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to'g'risida"gi va boshqa qonun hujjatlarida saylovoldi tashviqotini amalga oshirish huquqiy jihatdan tartibga solingan.

Namangan muhandislik-pedagogika institutida o'tkazilgan aholining saylovga oid huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish masalalariga bag'ishlangan seminarda joriy yilning 29-mart kuni bo'ladigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining demokratik tamoyillar asosida yuqori saviyada o'tishini ta'minlashga qaratilgan tashkiliy va huquqiy tayyorgarlik ishlari haqida so'z bordi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va Prezident saylovini o'tkazuvchi 6-Namangan okrug saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda "Mahalla" xayriya jamoat fondi, "Nuroniy" jamg'armasi viloyat bo'limlari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi vakillari, viloyat, shahar va tuman xotin-qizlar qo'mitalari faollari, fuqarolar yig'inlari rais hamda maslahatchilari, uchastka saylov komissiyalari a'zolari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishda Markaziy saylov komissiyasining vazifasi, xalqaro saylov standartlari va mamlakatimiz saylov qonunchiligidagi o'zgartishlar, fuqarolik jamiyati institutlarining saylov jarayonidagi o'rni, saylov kampaniyasining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlashda ommaviy axborot vositalarining roli, saylovga oid qonunlarning mazmun-mohiyati, saylov jarayonida qonuniylikni ta'minlash, ovoz berish jarayonini tashkil etish masalalari bo'yicha ma'lumot berildi.

– Aholining saylovga doir huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, jarayonlardan bevosita xabardor etish, ya'ni saylovning ochiq va oshkoraligini ta'minlashda ommaviy axborot vositalarining o'rni beqiyos, – deydi 6-Namangan okrug saylov komissiyasi matbuot markazi rahbari M.Mirzokirov. – Okrug saylov komissiyasi tomonidan viloyatda faoliyat ko'rsatayotgan bosma davriy nashrlar, viloyat televideniye va radiosi bilan yaqin hamkorlik yo'lga qo'yilgan.

Seminar ishtirokchilarining savollariga batafsil javob qaytarildi.

Поделиться