O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Armaniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2017-04-10 | Siyosat
2017-yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkentga MDH TIVKning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan Armaniston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Armaniston munosabatlarining hozirgi holati, turli sohalardagi aloqalar, jumladan MDH va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Armanistonning mavjud salohiyatini namoyon qilish nuqtayi-nazaridan savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirishning amaliy masalalariga alohida e’tibor qaratildi.