O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moldova TIV rahbari o‘rinbosari bilan uchrashuv
2017-04-06 | Siyosat
2017-yilning 6-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Toshkentdagi MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida Moldova nomidan qatnashish uchun kelgan Moldova Respublikasi Tashqi ishlar va Yevropa bilan integratsiya vaziri o‘rinbosari Lilian Dariy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, siyosiy va savdo-iqtisodiy sohalarda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishdan hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada rivojlantirish va xalqlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy aloqalarni mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.