O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tabiiy resurslarni asrash dolzarb vazifa

2017-04-05 | Jamiyat

Navoiyda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ma’qullangan “Tabiiy boyliklarni asrash vijdonimiz amriga aylansin!” granti loyihasi doirasida mediatur tashkil etildi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasi Muruntov konidagi mehnat jarayonlari bilan ommaviy axborot vositalari vakillarini tanishtirish, viloyatda ekojurnalistikani rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mediaturda mamlakatimizda tabiiy resurslarni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

Bu ekologik muammolarni bartaraf etish va ularning salbiy oqibatlari oldini olishga xizmat qilayotir. Bunda O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

– Mediaturning maqsadi ham tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, sanoat ishlab chiqarishida atrof-muhit muhofazasiga qat’iy e’tibor qilish masalalarini o‘rganishdan iborat, – deydi loyiha koordinatori M.Hosilova. – Xususan, Muruntov konida tashkil etilgan tadbir mamlakatimizning boy yer osti zaxiralarini o‘zlashtirish, qayta ishlash, sanoat chiqindilarini zararsizlantirishning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishish imkonini berdi. 

Zarafshon shahrida joylashgan oltin koni mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, nodir metallarni qazib olish, tashish va qayta ishlash bo‘yicha konchilik sanoatidagi eng qulay hamda samarali usullardan foydalanilmoqda. Xususan, rudani 270 metr balandlikka yetkazib beradigan tik qiya konveyyerning ishga tushirilishi mavjud zaxiralarni o‘zlashtirish unumdorligini keskin oshirdi. Yiliga 14 million tonna rudani tashib chiqaruvchi liniya an’anaviy usullarga qaraganda kamxarjligi bilan ajralib turadi. Ushbu texnologiya istiqbolda konda qazish ishlarini ming metr chuqurlikkacha davom ettirish imkonini beradi. 

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlar 2013-2017-yillarga mo‘ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Harakat dasturiga binoan amalga oshirilmoqda. Bu yerda ishlab chiqarishda ishlatilgan suvdan qayta foydalanish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Buning samarasida atmosfera havosiga chiqariladigan chiqindilar miqdorini keskin kamaytirishga erishilmoqda. 

Mediatur ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi. 

 

Nuriddin Rahimov, O‘zA 

Поделиться