O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davr va ommaviy axborot vositalari

2015-02-27 | Jamiyat

Qashqadaryoda globallashuv jarayonida ommaviy axborot vositalari oldida turgan dolzarb vazifalarga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari rahbarlari, axborot xizmatlari xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, milliy matbuotimizning ta'sirchanligini oshirish, fuqarolarning so'z erkinligiga doir huquqlarini ro'yobga chiqarish, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta'minlash, soha xodimlarining manfaatlarini himoya qilish bo'yicha salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi.

Ommaviy axborot vositalari oldida turgan galdagi vazifalar, viloyat ijodkorlari faoliyati, sohadagi mavjud muammolar, istiqbol rejalari haqida so'z yuritildi. "Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Bu borada jurnalistlar mas'uliyatini yanada oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

– Bugungi kunda viloyatda 41 nomdagi gazeta, 3 jurnal, 2 televideniye, 2 radiostansiya faoliyat olib bormoqda, – deydi O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo'limi raisi Usmon Nusurov. – Keyingi yillarda ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib bormoqda. Muhimi, har biri o'z auditoriyasiga ega.

Tadbir doirasida O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 5-mayda qabul qilingan "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"gi qonunining viloyatdagi ijrosini ta'minlashda mutasaddi tashkilotlarning ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorligini tashkil etish masalalari ham muhokama etildi.

Поделиться