O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketdi

2017-04-04 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-aprel kuni davlat tashrifi bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, Rossiya rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilinadi. 

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari mintaqaviy va xalqaro dolzarb muammolar yuzasidan ham fikr almashadilar. 

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi rejalashtirilgan. 

Tashrif doirasida O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarini izchil rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar, tijorat shartnomalari va boshqa qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Поделиться