O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Go'zal va betakrorimsan, muqaddas vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!

2016-08-30

Toshkent shahar hokimining 2016 yil 29 iyulidagi 122-f-sonli farmoyishiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayrami munosabati bilan 2016 yil  1 sentyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha poytaxtimizdagi xiyobon va istirohat bog'larida bo'lib o'tadigan xalq sayili hamda bayram tadbirlari rejasi tasdiqlandi.

Unga ko'ra, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy bog'ida, Abdulla Qodiriy, Bobur, Mirzo Ulug'bek, Furqat, G'afur G'ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog'larida, Toshkent hayvonot bog'i, O'zbekiston Davlat tsirki,  O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma'naviyat ma'rifat markazi, “Baxt diyor” guzari oldi maydonlarida, “Lokomotiv”, “Quyoshcha nuri” madaniyat va istirohat bog'larida alohida dasturlar asosida bayram tantanalari o'tkaziladi.

Поделиться